Raqamli texnologiyalar va sun'iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti hamda "Проект SME бизнес решение" kompaniyasi hamkorligida tashkil etilgan "Digital Solutions Mastermind: Enhancing Learning with AI" mavzusidagi workshop-hakaton bo'lib o'tdi.
Mazkur workshop-hakaton Raqamli texnologiyalar va sun'iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutining Sun'iy intellekt va mashinaviy o'qitish labaratoriyasi kichik ilmiy xodimi A.Abduraximov tomonidan olib borildi.
Workshop-hakaton mashg'ulotlari davomida sun'iy intellektni ta’lim va korporativ dasturlarga joriy etish bo‘yicha innovatsion g‘oyalar taklif qilindi. Shuningdek, SI vositalaridan mutaxassislarni tayyorlash va biznes jarayonlarini optimallashtirish uchun qanday foydalanish mumkinligi yuzasidan tahlillar olib borildi. Ta'kidlash joizki, ushbu tadbir sun'iy intellekt bo'yicha yangi bilim, tajriba almashish va kelajakdagi hamkorlik uchun platforma vazifasini o'tadi.









