#EcoExpo #1_day
RTSIR ITI "Eco Expo Central Asia 2025" xalqaro ekologik texnologiyalar ko'rgazmasida ishtirok etmoqda!
Bugun poytaxtimizda joylashgan CAEx majmuasida "Eco Expo Central Asia 2025" ko'rgazmasi o'z ishini boshladi.
30 dan ortiq mamlakatni birlashtirgan ushbu nufuzli tadbir O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan e'lon qilingan "Atrof-muhitni muhofaza qilish va yashil iqtisodiyot" yili doirasida mintaqada ilk bor o'tkazilmoqda.
Ko'rgazma doirasida 20 dan ortiq xalqaro tashkilot va yetakchi kompaniyalar, hokimliklar, vazirlik va idoralar, xorijiy va mahalliy kompaniyalar, xalqaro moliyaviy tuzilmalar va donor tuzilmalarning pavilyonlari namoyish etilmoqda.
Xususan, tadbirning birinchi kunida Raqamli texnologiyalar va sun'iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti jamoasi ham faol ishtirok etib, ko'rgazmali materiallarni namoyish etdi.
Ta'kidlash joizki, ushbu tadbir sun'iy intellekt va yashil energetika sohasidagi innovatsiyalardan tortib, suvni tejash hamda ekologik ta'lim bo'yicha ilg'or yechimlarni qamrab oladi. Tadbir doirasida xalqaro ekspertlar ishtirokidagi yalpi va panel muhokamalar, innovatsion loyihalar taqdimoti raqamli texnologiyalar va sun'iy intellekt bo'yicha sessiyalar hamda startap loyihalar tanlovi o'tkazilishi rejalashtirilgan.
Ma'lumot o'rnida ushbu tadbir joriy yilning 21-iyuniga qadar davom etadi.




