"Xalqaro standartlar asosida ilmiy loyihalarni boshqarish” mavzusida o‘quv-trening o‘tkazildi
Innovatsion rivojlanish agentligi hamda Jahon Banki hamkorligida amalga oshirilayotgan “O‘zbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” (MUNIS) loyihasi doirasida “Ilmiy loyihalarni boshqarish milliy standartini ishlab chiqish, sertifikatlashtirish tizimini yaratish va ilmiy kadrlar tayyorlash” loyihasi asosida 100 nafar mutaxassis uchun o‘quv-trening tashkil etildi.
Mazkur treningda Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy kotibi Nodira Tashtemirova faol ishtirok etib, xalqaro sertifikatga ega bo‘ldi.
Trening davomida ilmiy va innovatsion loyihalarni rejalashtirish, moliyaviy boshqarish hamda ularni samarali amalga oshirish bo‘yicha xalqaro talablar asosida amaliy ko‘nikmalar berildi.




