"Business robots AI" kompaniyasi bilan hamkorlik memorandumi imzolandi
Raqamli texnologiyalar va sun'iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti va "Business robots AI" kompaniyasi o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mazkur hamkorlik doirasida:
✔️Ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish;
✔️Ta’lim dasturlarini rivojlantirish va malaka oshirish kurslarini tashkil etish;
✔️O'quv seminari va konferensiyalar o‘tkazish;
✔️Sun’iy intellekt, raqamli transformatsiya va zamonaviy IT yechimlar bo‘yicha qo‘shma tashabbuslarni yo‘lga qo‘yish;
✔️Yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash va innovatsion g‘oyalarni amaliyotga joriy etish rejalashtirilgan.
Ushbu memorandum hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, shuningdek, innovatsion va texnologik tadqiqotlarni rivojlantirish hamda qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.





