"Tadbirkor ayollar uchun sun'iy intellekt: asoslardan amaliyotgacha" mavzusidagi seminarning birinchi sessiyasi bo'lib o'tdi
Poytaxtimizdagi Toshkent Xalqaro ta'lim universitetida Raqamli texnologiyalar vazirligi, YUNESKO, Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti hamda mezbon universitet hamkorligida "Tadbirkor ayollar uchun sun'iy intellekt: asoslardan amaliyotgacha" mavzusidagi seminar-trening tashkil qilindi.
Ushbu seminar-treningda tadbikorlik sohasida o’zlarining bilmlarini oshirmoqchi bo’lgan xotin-qizlar, mutaxassislar, OAV vakillari faol ishtirok etdi.
Trening davomida Raqamli texnologiyalar va sun'iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutining Sun'iy intellekt va mashinaviy o'qitish laboratoriyasi ilmiy xodimi Aziz Abduraximov moderatorlik qildi.
Mashg’ulotning dastlabki kuni tinglovchilarga sun’iy intellekt tushunchasi va uning tadbirkorlik sohasida qo’llashning avfzalliklari xususida nazariy bilimlar berildi.
Ma’lumot o’rnida, seminar-trening 11-aprelga qadar davom etadi va navbatdagi sessiyalarda SI imkoniyatlardan foydalanishga doir amaliy mashg’ulotlar olib borilishi rejalashtirilgan.







