RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA SUNʼIY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA SUNʼIY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI

Texnika fanlari doktori, professor.
Hozirda TATU “Sun’iy intellekt” kafedrasida professor.
Texnika fanlari doktori (1989), professor (1994). Toshkent Politexnika Instituti bitiruvchisi (1966). O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi (O‘zFA) Hisoblash markazli Kibernetika instituti ilmiy xodimi, aspiranti (1966), laboratoriya mudiri (1981), O‘zFA “Kibernetika” IIChB “Algoritm” instituti laboratoriya mudiri, bo‘lim boshlig‘i (1982-1990), Toshkent politexnika institutida kafedra mudiri (1990), Fan va texnika davlat qo‘mitasi Axborotlashtirish Bosh boshqarmasi boshlig‘i (1992-1996), O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonida mas’ul xodim (1996-1999), O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri oʻrinbosari (1999-2000), “Uzmaxsusimpex” davlat korxonasi Bosh direktorining birinchi oʻrinbosari (2000-2005), 2005-yildan Toshkent axborot texnologiyalari universitetida (TATU) kafedra mudiri sifatida faoliyat olib borgan. Hozirda TATU “Sun’iy intellekt” kafedrasida professor lavozimida ish olib bormoqda. M.Musayev 1969-1975-yillarda analog va raqamli qo‘shma hisoblash mashinalari komplekslari asosidagi boshqarish tizimlarini modellash bilan shug‘ullandi. 1984-1990-yillarda harbiy ishlab chiqarish kompleksida ma’lumotlarni hisoblash tizimi va tarmoqlarini loyihalash va joriy etish bilan band bo‘ldi, geofizik jarayonlarni aniqlashga, shovqinli fondan mazmunli signallarni ajratib oluvchi ikki EHMli boshqarish tizimlari loyihalandi. Hisoblash texnikasi sohasida 20 dan ortiq mualliflik guvohnomasiga ega. 130 dan ziyod ilmiy maqola, 5 ta monografiya, 4 ta o‘quv qo‘llanma va darslik muallifidir. Shu jumladan, o‘z ilmiy maktabini shakllantirdi, 10 dan ortiq fan nomzodi va PhD tayyorladi. 1999-yilda “Yuriy Gagarin yodgorlik medali”, 2001-yilda “German Titov yodgorlik medali” bilan taqdirlangan.