RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA SUNʼIY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA SUNʼIY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI

Texnika fanlari doktori, professor.
2008-yildan O‘zFA Matematika institutida bo‘lim boshlig‘i.
Texnika fanlari doktori, professor. 1966-yilda N.E. Bauman nomidagi Moskva oliy texnika bilim yurtini (Rossiya) tamomlagan. 1966-yildan O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi (O‘zFA) Kibernetika institutida mehnat faoliyatini boshlagan, 1979-yildan mazkur institutda laboratoriya mudiri lavozimida ishlagan. 2008-yildan O‘zFA Matematika institutida bo‘lim boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. 1974-yilda aspiranturani tugatgach, “Murakkab tasvirlarni tavsiflash algoritmlari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini, 1986-yilda “Biotexnik tizimlarni modellashtirish va boshqarish usullari” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Ilmiy faoliyati natijasida 140 dan ortiq ilmiy maqola va 3 ta monografiya muallifi. So‘nggi 3 yilda uning ishlariga 123 marotaba iqtibos keltirilgan. “International Journal of Applied Nanotechnology Research” jurnalining tahririyat hay’ati a’zosi. F.Adilova rahbarligida 6 ta NATO granti, Yevropa Ittifoqi FP7 dasturi, Shveytsariya SCOPES granti va boshqa xalqaro loyihalar amalga oshirilgan (loyihalarning umumiy qiymati 800 ming AQSh dollaridan ortiq). 33 ta xalqaro konferensiyalarda ilmiy ma’ruzalar bilan ishtirok etgan. F.Adilovaning ilmiy rahbarligida 10 nafar fan nomzodi (kibernetika) va 2 nafar fan doktori (kardiologiya) tayyorlangan. Hozirda sun’iy intellekt ixtisosligi bo‘yicha 1 nafar doktorant tayyorlanmoqda. 2020-yilda O‘zbekiston Respublikasi “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan.