Kongress a’zosi sun’iy intellekt tomonidan yozilgan nutqni o’qiydi

Cover Image for Kongress a’zosi sun’iy intellekt tomonidan yozilgan nutqni o’qiydi

Kuni kecha AQSh vakili Jeyk Auchinkloss AQSh-Isroil hamkorligidagi sun’iy intellekt markazini yaratish to’g’risidagi qonun loyihasi bo’yicha nutqini sun’iy intellekt tomonidan tayyorlanishini ma’qul ko’rdi.

Mazkur tayyorlangan qisqa nutq ikki paragrafdan iborat bo’lib, ChatGPT ya’ni onlayn chat-boti tomonidan yaratilganini hech kim farqlay olmadi deya xabar berdi techxplore.com sayti o’zining rasmiy sahifasida.

Jurnalistlarning bergan sharhiga ko’ra ChatGPT tomonidan yaratilgan matnni o’qib eshittirish sun’iy intellekt va u tomonidan yaratilgan imkoniyatlar bo’yicha munozaralarga isbot keltiruvchi ijobiy natija edi.

Ammo, tadqiqotchilar sun’iy intellekt chatbotlari noto’g’ri ma’lumot va tashviqotni tarqatish bo’yicha harakatlarga yordam berishi mumkinligidan havotirda ekanini ma’lum qilgan.