Raqamli O‘zbekiston — 2030 Strategiyasini har tomonlama amalga oshirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarni tashkil qilish hamda iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va davlat boshqaruvi tizimida sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy qilish.
Sunʼiy intellekt texnologiyalari asosida boshqaruv va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish bo‘yicha innovatsion mahsulotlarni hamda ularning modellari, algoritmlari va dasturiy taʼminotini ishlab chiqish.
Sunʼiy intellekt sohasida fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarni olib borish, raqamli texnologiyalarni rivojlantirishning ilmiy ekotizimini shakllantirish.
Sunʼiy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha yetakchi xorijiy innovatsion va ilmiy muassasalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sunʼiy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021 yil 17 fevraldagi PQ-4996 sonli qarori.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2021 yil 31 iyuldagi 475-son qarori.
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2022 yil 25-martdagi 147-son buyrug‘i.