
Raqamli texnologiyalar va sun'iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutida mustaqil tadqiqotchilik uchun hujjatlar qabuli davom etmoqda. Mustaqil tadqiqotchilikka hujjatlarni qabul qilish tartibi hamda talab etiladigan hujjatlar ro'yxati O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 304-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom asosida amalga oshiriladi.
Mustaqil izlanuvchilikka hujjat topshirishni rejalashtirayotganlar uchun asosiy talablar:
🎓 PhD (mustaqil izlanuvchilik):
- ✔️ Magistr diplomi;
- ✔️ Kamida 1 ta ilmiy maqola;
- ✔️ Tegishli yo'nalish bo'yicha kamida 2 ta tezis;
- ✔️ Suhbat.
🎓 DSc (mustaqil izlanuvchilik):
- ✔️ PhD (yoki unga tenglashtirilgan) diplomi;
- ✔️ Ilmiy daraja olgandan so'ng kamida 3 ta ilmiy maqola;
- ✔️ Ilmiy daraja olgandan so'ng tegishli yo'nalish bo'yicha kamida 2 ta tezis;
- ✔️ Suhbat;
- ✔️ Doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi.
Hujjatlar quyidagi ilmiy ixtisosliklar bo'yicha qabul qilinadi:
- ➡ 05.01.02 – Tizimli tahlil, boshqaruv va axborotni qayta ishlash;
- ➡ 05.01.03 – Informatikaning nazariy asoslari;
- ➡ 05.01.07 – Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui;
- ➡ 05.01.11 – Raqamli texnologiyalar va sun'iy intellekt.
✅ Qo'shimcha ma'lumot olish hamda hujjat topshirish masalalari bo'yicha Ilmiy izlanuvchilar bilan ishlashga mas’ul xodim Sergeyeva Lyudmila Vladimirovnaga murojaat qilishingiz mumkin.
📞 Telefon: +998 91 190 94 15
⏰ Ish vaqti: Dush - Jum, 09:00–18:00
📝 Ro'yxatdan o'tish: daraja.ilmiy.uz
