IJRO.GOV.UZ тизими орқали ЭРИ билан тасдиқланган, Ҳужжат коди: LX33488263
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA SUN‘IY INTELLEKTNI
RIVOJLANTIRISH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
BUYRUG’I
2025-yil 2-iyun 47-son Toshkent sh.
Mehnat nizolari bo‘yicha komissiya tashkil etish to‘g‘risida
Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutida (keyingi o‘rinlarda – Institut) mehnat nizolari bo‘yicha munosabatlarini tartibga solish maqsadida buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi va Institutning jamoa shartnomasiga asosan Institutda ish beruvchi va xodim o‘rtasidagi mehnat munosabatlarida kelib chiqadigan kelishmovchiliklarning sudgacha hal etilishini, nizolarning ko‘rib chiqilishini ta’minlash maqsadida Institutda Mehnat nizolari bo‘yicha komissiya tashkil etilsin.
2. Mehnat nizolari bo‘yicha komissiyaning Ish beruvchi vakillaridan iborat a’zolari tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin (komissiyaning Kasaba uyushmasi qo‘mitasi vakillaridan iborat a’zolari tarkibi Kasaba uyushmasi qo‘mitasining qarori bilan tasdiqlanadi).
3. Ushbu buyruq ijrosi nazoratini o‘z zimmamda qoldiraman.
Direktor А.Kadirov
RTSIR ITIning 2025-yil 2-iyundagi
47-son buyrug‘iga
ILOVA
Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot
Mehnat nizolari bo‘yicha komissiyaning
Ish beruvchi vakillaridan iborat
TARKIBI
| T/r | F.I.O | Lavozim | Izoh |
|---|---|---|---|
| 1. | X. Tilyayev | Patentlash va tijoratlashtirish bo‘limi boshlig‘i | Komissiya a’zosi |
| 2. | L. Isxakova | Bosh yuriskonsult | Komissiya a’zosi |
| 3. | Sh. Fazilov | “Biometrik tizimlar” laboratoriyasi mudiri | Komissiya a’zosi |
Izoh: Komissiya a’zosi boshqa lavozimga o‘tganda uning o‘rniga tayinlangan shaxs bevosita komissiya a’zosi hisoblanadi.
Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti Kasaba uyushma qo‘mitasi QARORI
2 iyun 2025-yil. № 23
Mehnat nizolari bo‘yicha komissiya tashkil etish to‘g‘risida
Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti (keyingi o‘rinlarda – Institut) kasaba uyushma qo‘mitasi mehnat nizolar bo‘yicha munosabatlarini tartibga solish maqsadida buyuraman:
QAROR QILADI
1. Mehnat nizolari bo‘yicha komissiyani tashkil etish O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi va Institutning jamoa shartnomasiga asosan amalga oshiriladi hamda ushbu komissiya ish beruvchi va xodim o‘rtasida mehnat munosabatlaridan kelib chiqadigan kelishmovchiliklarni sudgacha hal etish, nizolarni ko‘rib chiqish tartibi, vakolati va qarorlarni ijro etish mexanizmlarini aniq belgilab berish maqsadida Mehnat nizolari bo‘yicha komissiyasi tashkil etilsin.
2. Komissiyaning Kasaba uyushma qo‘mitasi vakillaridan iborat a’zolari tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin (Komissiyaning ish beruvchi vakillaridan iborat a’zolari tarkibi Institutning buyrug‘i bilan tasdiqlanadi).
3. Ushbu qaror ijrosi nazoratini o‘z zimmamda qoldiraman.
Kasaba uyushma qo‘mitasi raisi — Sh. Yetmishboyev
RTSIR ITI BКUQning 2025-yil 2-iyundagi 23-son qaroriga ILOVA
Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti kasaba uyushma qo‘mitasi Mehnat nizolari bo‘yicha komissiyasining Kasaba uyushma qo‘mitasi vakillaridan iborat TARKIBI
| T/r | F.I.O | Lavozim | Izoh |
|---|---|---|---|
| 1. | Sh. Xojiakbarov | Kichik ilmiy xodim | Komissiya a’zosi |
| 2. | D. Xodjayeva | Yetakchi hisobchi | Komissiya a’zosi |
| 3. | X. Rashidov | Kichik ilmiy xodim | Komissiya a’zosi |
Izoh: Komissiya a’zosi boshqa lavozimga o‘tganda uning o‘rniga tayinlangan shaxs bevosita komissiya a’zosi hisoblanadi.