IJRO.GOV.UZ тизими орқали ЭРИ билан тасдиқланган, Ҳужжат коди: YK93250235
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA SUN‘IY INTELLEKTNI
RIVOJLANTIRISH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
BUYRUG’I
2025-yil 24-aprel 37-son Toshkent sh.
Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha komissiya tashkil etish to‘g‘risida
Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutida (keyingi o‘rinlarda – Institut) ijtimoiy-mehnat munosabatlarini tartibga solish maqsadida buyuraman:
1. Institutda Ish beruvchi bilan Institut xodimlari o‘rtasidagi mehnat munosabatlarini va mehnat sharoitlari bilan bog‘liq masalalarni tartibga soluvchi, xodimlarning huquqiy va ijtimoiy himoyasini va qonun hujjatlariga asosan mehnat huquqlari va kafolatlarini ta’minlashga qaratilgan ishlarni tashkil etuvchi Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha komissiya (keyingi o‘rinlarda – Komissiya) faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi va qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etilsin.
2. Komissiyaning Ish beruvchi vakillaridan iborat a’zolari tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin (Komissiyaning Kasaba uyushmasi qo‘mitasi vakillaridan iborat a’zolari tarkibi Kasaba uyushmasi qo‘mitasining qarori bilan tasdiqlanadi).
3. Ushbu buyruq ijrosi nazoratini o‘z zimmamda qoldiraman.
Direktor А.Kadirov
RTSIR ITIning 2025-yil 24-apreldagi
37-son buyrug‘iga
ILOVA
Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot
instituti ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha komissiyasining
Ish beruvchi vakillaridan iborat
TARKIBI
| T/r | F.I.O | Lavozim | Izoh |
|---|---|---|---|
| 1. | A.Nuriddinov | Direktorning umumiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari | Komissiya a’zosi |
| 2. | I. Xolmatova | Ilmiy kotib | Komissiya a’zosi |
| 3. | F.Gulamova | Xodimlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i | Komissiya a’zosi |
Izoh: Komissiya a’zosi boshqa lavozimga o‘tganda uning o‘rniga tayinlangan shaxs bevosita komissiya a’zosi hisoblanadi.