Microsoft Teams ilovasida yangi funksiya qo’shildi. Foydalanuvchilar videoqo’ng’iroq vaqtida orqa fondagi tartibsiz holatlarni yashirishlari yoxud chiroqlar, tabiat manzaralari hamda turli dekoratsiyalar qo’shishlari mumkin.
Mazkur ilova sun’iy intellekt yordamida ishlaydi shuningdek, ovozlarni ajaratish xususiyatiga ega. Ushbu funksiya orqali foydalanuvchi tashqi shovqinlarni o’chirib qo’yish imkoniyatiga ega. Ma’lumot o’rnida ta’kidlash joizki, yangi funksiya “Microsoft Ignite 2023” tadbirida namoyish etildi.