Elektr tarmog’idagi muammolarni aniqlash uchun dronlardan foydalanilmoqda

Cover Image for Elektr tarmog’idagi muammolarni aniqlash uchun dronlardan foydalanilmoqda

Phoenix Air Unmanned tadqiqotchilari tomonidan elektr tarmog’idagi muammolarni muntazam ravishda nazorat qiladigan Swiss dronni yaratildi.

Ma’lumot o’rnida ta’kidlash joizki, shu vaqtga qadar yirik elektr tarmoqlarini nazorat qilish uchun vertolyotlardan foydalanilgan. Ammo, vertolyotlar aksariyat holatlarda tizim kamchiliklarini o’rganishda bir qancha muammolarga duch kelgan. Sababi ularning hajim kattaligi va boshqaruvdagi noqulayliklaridadir.

Olimlar taqdim etgan dron elektr tarmoq tizmidagi nosozlik joyini aniqlashda navigatsiyadan foydalanadi shuningdek, mazkur holatni bartaraf etishda yaqindan ko’mak berishi mumkin.