Silikon vodiysida joylashgan Knightscope xavfsizlik texnologiyalari kompaniyasi tomonidan K5 deb nomlangan xavfsizlik robot ishlab chiqarildi. Mazkur robot mashinalar to’xtash joyidagi tartibsizlikni oldini olish vazifalarni bajardi.
Ta’kidlanishicha, ushbu K5 roboti real vaqt rejimida xabar berish uchun 16 ta mikrofon va bir qator sensorlardan foydalanilgan. Shuningdek, robot 360 daraja yuqori aniqlik bilan tasvir oladigan to’rtta keng burchakli kameraga ega.
Tadqiqotchi Steysi Stivensning so’zlariga ko’ra, K5 inson nazoratchilarga nisbatan aniqroq va samarali harakat qilishi shuningdek, avtoturargohda sodir bo’lishi mumkin bo’lgan holatlarni bartaraf etish maqsadida ogohlantirishi mumkin.