Yangi SI modeli kiberxavfsizlikni oldini olishda yetakchi vosita sifatida

Cover Image for Yangi SI modeli kiberxavfsizlikni oldini olishda yetakchi vosita sifatida

Energetika departamentining Tinch okeani shimoli-g‘arbiy milliy laboratoriyasi, Purdue universiteti, Karnegi Mellon universiteti va Boise shtat universiteti olimlari jamoasi kiberxavfsizlik muammolarini hal qilish uchun sun’iy intellekt tizmini ishlab chiqdi.

Sun’iy intellektga asoslangan model kiber hujumlarni tezda aniqlaydi va unga qarshi himoya choralarini qo’llashga kirishadi. Ma’lumot o’rnida ta’kidlash kerakki, yangi sunʼiy intellekt modeli uchta alohida kiberxavfsizlik maʼlumotlar bazasidagi manbani birlashtirish uchun tabiiy tilni qayta ishlash va nazorat qilish tizmiga tayanadi. Shuningdek, olimlar ushbu tizimni yanada kengaytirish ustida ish olib bormoqda. Ularning kutgan natijalari kiber hujumlarni aniqlashda zaif nuqtalarni oldindan aniqlash va shunga qarshi himoya choralarini ko’rishdan iborat.