Maxsus yaratilgan dron daraxtlardan DNKsini to’playdi

Cover Image for Maxsus yaratilgan dron daraxtlardan DNKsini to’playdi

ETH Zurich va Shveytsariyaning WSL o‘rmon, qor va landshaft tadqiqotlari federal instituti tadqiqotchilari hamda SPYGEN kompaniyasi hamkorlikda daraxt shoxlarida namunalar yig‘a oladigan maxsus dronni ishlab chiqardi.

Ta’kidlash joizki, ekologlar biologik xilma-xillikni kataloglash va monitoring qilish uchun atrof-muhitda uchraydigan tirik organizmlar qoldirgan genetik material izlaridan foydalanib DNK namunalarini yig’ishadi. Ammo, daraxtlardan bunday namunalar olish tuproq, suvdan ko’ra murakkabroq jarayon hisoblanadi.

Tadqiqotchilar yaratgan mazkur dron yuqorida sanab o’tilgan muammolarni oson hal qilishi mumkin deya xabar berdi techxplore.com sayti o’zining rasmiy sahifasida.