Uch oyoqli robot yaratildi

Cover Image for Uch oyoqli robot yaratildi

Michigan universiteti tadqiqotchilari tomonidan uch oyoqli robot yaratildi.

Tadqiqotchi Mur va uning hamkasblari tomonidan ishlab chiqilgan ushbu robot uchta oyoqdan iborat bo’lib, oyoqlarning har birida ularning egilishi va kengayishini ta’minlaydigan ikkita bo’g’in va gibrid aloqa rejimi mavjud.

Xususan, tadqiqotchilar tomonidan o’tkazilgan laboratoriya tajribalarida mazkur robot o’zining uch oyog’i yordamida boshqa robotlarga qaraganda ustunligini namoyish etdi.

Shuningdek, robot yurish, oyoqlari yordamida zinadan ko’tarilish hamda to’siqlarni yengib o’tish imkoniyatiga ega.

Ma’lumot o’rnida ta’kidlash joizki, tadqiqotchilar kelajakda mazkur robotning imkoniyatlarini yanada takomillashtirishni maqsad qilgan.