Turkiyaning CYBERPARK kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi

Cover Image for Turkiyaning CYBERPARK kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi

Bugun Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutiga Turkiyaning CYBERPARK kompaniyasi vakillari tashrif buyurdi.

Tashrifdan ko’zlangan asosiy maqsad institut faoliyati bilan yaqindan tanishish hamda ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini o’rnatish hisoblanadi.

Shuningdek, kompaniya joriy yilda mamlakatimizda bo’lib o’tishi rejalashtirilgan biznes-forumiga tayyorgarlik ko’rish va biznes aloqalarni yo’lga qo’yishni maqsad qilgan.

Xususan, kompaniya vakillari institut bilan hamkorlikda IT-biznesni rivojlantirish, startap loyihalarni ishlab chiqish, tijoratlashtirish va sun’iy intellekt sohasidagi loyihalarni qo’llab-quvvatlashga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

Ma’lumot o’rnida ta’kidlash joizki, CYBERPARK kompaniyasi 7 yildan ortiq vaqt davomida turli mamlakatlardagi biznes vakillari, savdo vakolatxonalari, jamoat birlashmalari hamda tadbirkorlar bilan hamkorlikni amalga oshirib kelmoqda.