“Innoprom. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida sammit tashkil qilindi

Cover Image for “Innoprom. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida sammit tashkil qilindi

Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz”da tashkil etilgan ko’rgazma doirasida “O‘zbekiston va Rossiya SI global transformatsiyasi paradikmasida: SI muvaffaqiyat kaliti sifatida” mavzusidagi sammiti bo’lib o’tdi.

Mazkur sammitda Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti direktori Anvarxodja Kadirov ma’ruzachi sifatida ishtirok etib, mamlakatimizda sun’iy intellekt texnologiyalarining rivojlanishi, sohada yaratilayotgan imkoniyatlar haqida so’zladi.

Tadbir davomida Rossiya va O’zbekistonning iqtisodiy sohalarda sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish hamda kelajakda hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash borasida fikr-mulohazalar bildirildi.

Ma’lumot o’rnida, ushbu ko’rgazma mintaqada savdo-sanoat hamkorligining muhim voqeligi bo‘lib, unda O‘zbekiston, Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Turkmaniston davlat hokimiyati organlari, yirik kompaniya hamda biznesmenlar ishtirok etmoqda.