“Aqlli” tayoq ko‘zi ojiz odamlarga oziq-ovqat mahsulotlarini topishga, o‘rindiq topishda yordam berishi mumkin

Cover Image for “Aqlli” tayoq ko‘zi ojiz odamlarga oziq-ovqat mahsulotlarini topishga, o‘rindiq topishda yordam berishi mumkin

Kolorado Boulder universiteti muhandislari ko‘zi ojiz yoki ko‘rish qobiliyati zaif odamlar uchun tayoqning yangi turini yaratish uchun sun’iy intellektdan foydalandi.

Tadqiqotchilarning taʼkidlashicha, ularning yaratgan “aqlli” tayoqlari bir kun kelib koʻzi ojiz odamlar uchun oziq- ovqat doʻkonida bir quti don xarid qilishdan tortib, gavjum choyxonada oʻtirish uchun shaxsiy joy tanlashgacha boʻlgan vazifalarni bajarishga yordam beradi.

Ma’lumotlarga ko’ra kelajakda olimlar mazkur aqlli tayoqni yanada takomillashtirish uchun robototexnikaning eng so’ngi yutuqlarini qo’llashni maqsad qilgan.