Apple xodimlariga ChatGPTdan foydalanishni taqiqladi

Cover Image for Apple xodimlariga ChatGPTdan foydalanishni taqiqladi

Apple kompaniyasi xodimlariga ChatGPT va boshqa tashqi sun’iy intellekt vositalaridan foydalanishni taqiqladi. Bu haqda The Wall Street Journal xabar berdi .

Kompaniyadagi manbalar va xodimlarga elektron pochta orqali yuborilgan xatlar mazkur ma’lumotni tasdiqlaydi. Apple bunday dasturlardan foydalanadigan xodimlar foydalanuvchilarning maxfiy ma’lumotlarini oshkor qilishidan xavotirda. Chunki xodimlar kiritilgan barcha so‘rovlar va olingan javoblarni eslab qoladi.

Shuningdek, Apple rahbariyati o‘z xodimlariga kod yozishni avtomatlashtiradigan Microsoft’ga qarashli GitHub’ning Copilot dasturidan foydalanmaslikni ham aytgan. Shu bilan birga, OpenAI kompaniyasi ChatGPT AppStore’da chiqarilishini e’lon qilgan va ilovaning Android OC uchun versiyasi ham chiqishini bildirgan.