RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA SUNʼIY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA SUNʼIY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI

Dasturiy mahsulotlarni sinovdan o'tkazish va loyiha hujjatlari bo'yicha yetakchi mutaxassis
Loyiha hujjatlari, test ssenariylari, hisobotlar va mahsulot sifatini tartibli nazorat qilish jarayonlariga mas'ul mutaxassis.
O'zbekiston Milliy universitetining Siyosatshunoslik yo'nalishini tamomlagan. Hozirda Raqamli texnologiyalar va sun'iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutida rasmiy hujjatlar aylanishi va ijro intizomi bilan bog'liq jarayonlarda faoliyat yuritadi.
Institutdagi faoliyati davomida edo.ijro.uz idoralararo elektron tizimi orqali kelib tushgan xat-hujjatlarni ko'rib chiqish, ijro jarayonlarini yuritish va tashkiliy vazifalarni bajarishda ishtirok etadi.
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a'zosi sifatida yoshlar muammolarini o'rganish, takliflar ishlab chiqish va davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlarni yoshlar orasida targ'ib qilish ishlarida qatnashadi.
Test reja, chek-list va qabul qilish mezonlarini hujjatlashtirish.
Aniqlangan xatoliklar, topshiriqlar va tuzatishlarni nazorat qilish.
Jamoa va hamkorlar o'rtasida hujjatli axborot almashinuvini ta'minlash.
Rasmiy xat-hujjatlarni ko'rib chiqish, tahlil qilish va ijro jarayonlarini yuritish.
edo.ijro.uz idoralararo elektron tizimi orqali kelib tushgan hujjatlar bilan ishlash.
Murojaatlarni tahlil qilish, tegishli takliflarni shakllantirish va tashkiliy jarayonlarda ishtirok etish.
Yig'ilishlar, davra suhbatlari, konferensiyalar va ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarni tashkil etish.
Jamoa, davlat organlari, siyosiy institutlar va jamoatchilik vakillari bilan samarali hamkorlik qilish.
Yoshlar parlamenti faoliyati doirasida yoshlar muammolarini o'rganish va amaliy takliflar ishlab chiqish.
Yoshlarni jamoatchilik va siyosiy faollikka jalb etish, davlat imkoniyatlari va yangiliklarini targ'ib qilish.
Loyiha pasportlari va ish rejasi shablonlari.
Mahsulot sinovi uchun test ssenariylari.
Hamkorlik uchrashuvlari uchun hisobot materiallari.
Raqamli texnologiyalar va sun'iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti — 2026-yildan buyon rasmiy hujjatlar aylanishi, murojaatlar va ijro intizomi bilan bog'liq jarayonlarda faoliyat yuritadi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti — 2025–2030-yillarga saylangan a'zo. Yoshlar muammolari bo'yicha takliflar ishlab chiqish va ularni deputatlar darajasida ilgari surishda ishtirok etadi.
Siyosiy va jamoatchilik faoliyati — 'Milliy tiklanish' demokratik partiyasi, O'zLiDeP Yosh siyosatchilar ligasi, XDP Toshkent shahar kengashi hamda Oliy Majlis tuzilmalarida amaliy tajriba orttirgan.
Parlament va qo'mita ishlari — rasmiy hujjatlar, yig'ilishlarni tashkil etish, murojaatlarni tahlil qilish, parlament kutubxonasida inventarizatsiya va korrupsiyaga qarshi yo'nalishdagi tashkiliy jarayonlarda qatnashgan.
Yoshlar bilan ishlash — 500 nafarga yaqin yoshlarning siyosiy partiyaga a'zo bo'lishiga ko'maklashgan hamda yoshlarni jamoatchilik va siyosiy faollikka jalb etish loyihalarida ishtirok etgan.