Asosiy yo‘nalishlar
Laboratoriyaning asosiy yo‘nalishlari ilmiy izlanish, eksperiment va amaliy loyihalar orasidagi aniq bog‘lanishni ko‘rsatadi.
Control Systems
Digital Twin
CAD–CAM–CAE
Ta'lim va ilmiy rahbarlik
Bu blok laboratoriyaga biriktirilgan ustozlar, ilmiy rahbarlar va yosh tadqiqotchilar bilan olib borilayotgan amaliy tayyorgarlikni ko'rsatadi.
Talabalar va tadqiqotchilar bilan ishlar
Ta’lim olganlar: ma’lumot taqdim etilmagan.
Hozir o‘qiyotganlar: 1.
Biriktirilgan ilmiy rahbarlar
Azimov Baxtiyor Magrupovich
T.f.d, professor
05.01.02 – Tizimli tahlil, boshqaruv va axborotni qayta ishlash
Sulyukova Larisa Faritovna
T.f.d, katta ilmiy xodim
05.01.02 – Tizimli tahlil, boshqaruv va axborotni qayta ishlash
Laboratoriyaning asosiy yo'nalishlari
Raqamli loyihalash jarayonlari uchun murakkab texnik va texnologik tizimlarni matematik modellashtirish va optimal boshqarish usullarini ishlab chiqish
Laboratoriya vazifalari
Raqamli loyihalash texnologiyalaridan foydalangan holda murakkab texnik va texnologik tizimlar parametrlarini optimallashtirishning yangi raqobatbardosh virtual modellarini yaratish usullarini ishlab chiqish
Olib borilayotgan tadqiqotlar
1) Tashqi kuchlar ta'sirini hisobga traktorli transport vositalarini gorizontal tebranma harakatini modellashtirish, oqilona variantlarini tanlash mezonlarini va parametrlarini optimal boshqarishning o‘zaro bog‘langan axborotni qayta ishlash tizimi shajaraviy tuzilishini ishlab chiqiladi;
2) Tashqi kuchlar ta'sirida bo’lgan traktorli transport vositalarini gorizontal tebranma harakatining dinamik jarayonlarini tadqiq qilishning matematik modellarini ishlab chiqiladi;
3) Tashqi kuchlar ta'sirida bo’lgan traktorli transport vositalarini gorizontal tebranma harakatini optimal boshqarish algoritmini ishlab chiqiladi;
4) Raqamli loyihalash jarayonlari uchun traktorli transport vositalarini gorizontal tebranma harakatini tashxislash va material-energetik holatini baholashning algoritmini ishlab chiqish.
5) Intellektual transport logistikasi: marshrutlashning matematik modellarini va transport yo‘nalishlarini optimallashtirishning evolyutsion-gibrid algoritmlarini ishlab chiqish.
6) Texnologik tizimlarni boshqarish: qattiq bo‘lmagan detallarga mexanik ishlov berish texnologik tizimlari dinamikasini modellashtirish, asbobning tebranishi va yeyilishini baholash, ko‘p tezlikli boshqarish algoritmlarini ishlab chiqish.
7) Raqamli loyihalash va diagnostika: texnik obyektlarning raqamli modellari va raqamli egizaklarini yaratish, o‘lchov signallariga ishlov berish, uskunalar holatini kuzatish, diagnostika qilish va bashorat qilish.
Amaldagi loyihalar
Yo’q
Ishlatilayotgan texnologiyalar
1) Tashqi ta'sir qiluvchi kuchlarni hisobga olgan holda mashinatraktor agregatlarini turli trayektoriyalardagi harakatini modellashtirish jarayonida, dinamik jarayonlarni, chegaralarni va tizim ishlashini oqilona variantlarining mezonlarini tanlash, axborotni qayta ishlash va uning quyi tizimlar bilan o'zaro bog'lanishlarini hisobga oluvchi funktsional bloklarning shajaraviy tuzilmasini qurishda IDEF (ICAM- Integrated Computer-Aided Manufacturing DEFinition - kompyuter va ishlab chiqarish texnologiyalarini integratsiya qilishni aniqlash) metodologiyasining grafikaviy va axborotli modellashtirish usullari.
2) Matematik va imitatsion modellashtirish; CAD–CAM–CAE va raqamli egizak texnologiyalari; Python, MATLAB/Simulink, SolidWorks, ANSYS va LabVIEW dasturiy vositalari; genetik algoritmlar, differensial evolyutsiya, optimallashtirish va zamonaviy boshqaruv usullari; mashinali o‘qitish; signallarni raqamli filtrlash usullari; sensor tizimlar va NI DAQ (National Instruments Data Acquisition) ma’lumotlarni yig‘ish vositalari; sanoat buyumlar interneti ‒ IoT (Internet of Things) texnologiyalari, sanoat ma’lumotlarini almashishning yagona arxitekturasi ‒ OPC UA (Open Platform Communications Unified Architecture); geografik axborot tizimlari ‒ GIS (Geographic Information System), OpenStreetMap va transport tarmoqlarini modellashtirish texnologiyalari.
Erishilgan natijalar
1) Turli harakat sharoitlarida traktorli transport vositalarini gorizontal va vertikal tebranishlarining optimal parametrlarini hisoblashning dasturlar majmuasi ishlab chiqildi.
2) Traktorli transport vositasining gorizontal harakatining turg‘unlikni baholash usullari va algoritmlari ishlab chiqildi.
3) Transport tarmog‘i parametrlarining dinamik o‘zgarishini hisobga oluvchi vaqt qatlami konsepsiyasi va modifikatsiyalangan chumolilar koloniyasi algoritmi ishlab chiqildi. Algoritmning qo‘llanilishi hisoblash murakkabligi sinfini oshirmagan holda marshrutlar sifatini 8–12% ga yaxshilash imkonini berdi.
4) CVRPTW-LIFO matematik modeli hamda differensial evolyutsiya, genetik operatorlar va lokal qidiruvni birlashtiruvchi DE–GA+VNS o‘z-o‘zini moslashtiruvchi gibrid algoritmi ishlab chiqildi.
5) 200 tagacha buyurtma va 25 tagacha transport vositasini qayta ishlashni ta’minlovchi yuk tashishni boshqarish dasturiy majmuasi yaratildi va amaliyotga joriy etildi. Joriy etish natijasida logistika xarajatlari 8–12% ga, transport vositalari soni 10–15% ga kamaydi, marshrutlarni shakllantirish jarayoni esa 5–7% ga tezlashdi.
6) Kesish kuchlari, tebranishlar va asbobning yeyilishini hisobga oluvchi frezalash tizimining holatlar fazosidagi modeli ishlab chiqildi; ko‘p tezlikli boshqaruv arxitekturasi taklif etildi va hisoblash tajribalari o‘tkazildi.
Kelgusi rejalar
Murakkab texnik va texnologik tizimlar parametrlarini optimallashtirish usullari va algoritmlarini hamda ularni raqamli loyihalash texnologiyalarni rivojlantirish bo'yicha yetakchi xorijiy innovatsion va ilmiy muassasalar bilan hamkorlikni yo'lga qo'yish va qo'shma loyihalarni amalga oshirish.
Transport va ishlab chiqarish tizimlarining raqamli egizaklarini yaratish; algoritmlarni real ma’lumotlar asosida sinovdan o‘tkazish; laboratoriya stendlarini ishlab chiqish; IoT, mashinali o‘qitish va kompyuterli ko‘rish texnologiyalarini qo‘llash; boshqaruvni real vaqt rejimida amalga oshirish; dasturiy-apparat prototiplarini yaratish hamda ishlab chiqilgan uslublarni joriy etish.
