Asosiy yo‘nalishlar
Laboratoriyaning asosiy yo‘nalishlari ilmiy izlanish, eksperiment va amaliy loyihalar orasidagi aniq bog‘lanishni ko‘rsatadi.
Machine Learning
Deep Learning
Fuzzy Logic
Ta'lim va ilmiy rahbarlik
Bu blok laboratoriyaga biriktirilgan ustozlar, ilmiy rahbarlar va yosh tadqiqotchilar bilan olib borilayotgan amaliy tayyorgarlikni ko'rsatadi.
Talabalar va tadqiqotchilar bilan ishlar
Ta’lim olganlar: 4.
Hozir o‘qiyotganlar: 9.
Biriktirilgan ilmiy rahbarlar
Fazilov Shavkat Xayrullayevich
Texnika fanlari doktori, professor
Raqamli texnologiyalar va sun'iy intellekt
Mirzayev Nomaz
Texnika fanlari doktori, professor
Raqamli texnologiyalar va sun'iy intellekt, Informatikaning nazariy asoslari
Yusupov Ozod Rabbimovich
Texnika fanlari doktori, dotsent
Raqamli texnologiyalar va sun'iy intellekt
Abdullayev Sherzod Shavkatjonovich
Texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori, dotsent
Raqamli texnologiyalar va sun'iy intellekt
Laboratoriyaning asosiy yo'nalishlari
Mashinaviy o‘qitish, chuqur o‘qitish, sun’iy intellekt, kompyuterli ko‘rish, noravshan mantiqqa asoslangan algoritmlar
Laboratoriya vazifalari
Sun’iy intellekt, mashinaviy o‘qitish va chuqur o‘qitish yo‘nalishlarida fundamental hamda amaliy ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish.
Sun’iy intellekt va mashinaviy o‘qitish usullaridan foydalanib, turli sohalardagi amaliy masalalarni yechish uchun algoritmlar, modellar va dasturiy yechimlar ishlab chiqish.
Katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish usullarini ishlab chiqish hamda ularni takomillashtirish.
Mashinaviy o‘qitish modellarini o‘qitish, sinovdan o‘tkazish, baholash va ularning aniqligi hamda samaradorligini oshirish
Olib borilayotgan tadqiqotlar
Bir o‘lchamli bo‘sag‘aviy funksiya, ikki o‘lchamli bo‘sag‘aviy funksiyalarga asoslangan tanib olish modellarini qurish
Amaldagi loyihalar
Loyiha mavjud emas
Ishlatilayotgan texnologiyalar
Python, PyTorch, TensorFlow, OpenCV, Dlib, ilg'or neyron tarmoqlar (ResNet, RetinaFace, ArcFace, MTCNN), FastAPI, Docker, C++, CUDA hamda Edge AI texnologiyalari.
Erishilgan natijalar
Laboratoriyada olib borilayotgan tadqiqotlar natijalari bo‘yicha xalqaro nufuzli jurnallarda (Scopus, Web of Science) ilmiy maqolalar chop etilgan va intellektual mulk guvohnomalari olingan.
Kelgusi rejalar
Scopus/WoS sifatini oshirish. Maqolalar sonidan ko‘ra Q1/Q2 darajadagi nashrlarda chop etilgan ilmiy ishlar ulushini oshirish, xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish va iqtibos ko‘rsatkichlarini yaxshilash.
Xalqaro loyihalar. Xorijiy universitet va ilmiy markazlar bilan qo‘shma: grant loyihalari; ilmiy laboratoriyalar; akademik almashinuv; qo‘shma doktorantura; qo‘shma nashrlar sonini ko‘paytirish.
