Tadqiqotchilar feyk ma’lumotlarni aniqlash algoritmlarini ishlab chiqishda kamchiliklar borligini aniqladi

Cover Image for Tadqiqotchilar feyk ma’lumotlarni aniqlash algoritmlarini ishlab chiqishda kamchiliklar borligini aniqladi

Rutgers universiteti tadqiqotchilari “soxta yangiliklar”ni aniqlashga mo‘ljallangan algoritmlarni onlayn nashrlarda ishonchliligini baholashda katta kamchilikni borligini aniqladi.

Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, ushbu algoritmlarning aksariyati har bir maqolaning ishonchliligini baholashdan ko’ra, manbalarning ishonchlilik reytingiga tayanadi. Bu borada tadqiqotchilarning fikriga ko’ra rasmiy saytlarda beriladigan barcha ma’lumotlar ham haqiqatga mos kelavermaydi.

Shuningdek, olimlar tajriba jarayonida teglardan foydalanish ishonchli usul emasligini aniqladilar. Xususan,maqola uchun berilgan teglar aksariyat hollarda 51% mos keladi. Kelajakda olimlar mazkur holatni oldini olishda “feyk”larni aniqlash algoritimlarini yanada takomillashtirish borasida ish olib bormoqda.