Sun’iy intellekt hukumatni boshqarishda yordam bermoqda

Cover Image for Sun’iy intellekt hukumatni boshqarishda yordam bermoqda

Qayd etilishicha, Yaponiyaning Yokosuka shahri hukumati shu haftadan boshlab barcha xodimlarga jumlalarni umumlashtirish, imlo xatolarini tekshirish va g‘oyalar ishlab chiqish uchun chatbotdan foydalanishga ruxsat bergan.

Shahar hukumati matbuot kotibining aytishicha, Yaponiyada davom etayotgan demografik inqiroz, aholi sonining qisqarishi va qarish jarayonining tezlashishi ushbu qarorning qabul qilinishiga sabab bo‘lgan.

Ta’kidlanishicha, shahar hukumati ushbu muammoni yechish va samaradorlikni oshirish uchun ish jarayonini yaxshi yo‘lga qo‘yish maqsadida ChatGPT’dan foydalanishni reja qilgan. Shuningdek, chatbotga hech qanday maxfiy yoki shaxsiy ma’lumotlar kiritilmasligi qo‘shimcha qilingan.