Meduzaga o’xshash robotlar okeanlarini tozalashda yetakchi vosita vazifasini o’taydi

Cover Image for Meduzaga o’xshash robotlar okeanlarini tozalashda yetakchi vosita vazifasini o’taydi

Dunyoning katta qismi okeanlar bilan qoplangan bo’lib, bugungi kunda ularni tozalash jarayoni katta xarajat talab etadi. Mazkur muammoni oldini olishda tadqiqotchilar aqlli robotni ishlab chiqardi.

Shtutgartdagi Maks Plank nomidagi Intellektual tizimlar instituti olimlari robotni yaratishdda meduza dizaynidan foydalanishdi.

Tadqiqotchilar robotni yaratish uchun elektr toki oqib o‘tadigan elektrogidravlik aktuatorlardan asoslandi. Mazkur, aktuatorlar robotni quvvatlaydigan sun’iy mushaklar vazifasini bajaradi. Ma’lumot o’rnida ta’kidlash joizki, tadqiqotchilar yaratgan robot nafaqat suv osti dunyosini o’rganishda balki, uni tozaligini saqlashda foydalanishi mumkin.