G7 mamlakatlari sun’iy intellektdan foydalanish bo‘yicha 5 ta tamoyilga kelishib oldi

Cover Image for G7 mamlakatlari sun’iy intellektdan foydalanish bo‘yicha 5 ta tamoyilga kelishib oldi

Yaponiyaning Takasaki shahrida bo‘lib o‘tgan G7 mamlakatlarining raqamlashtirish va texnologiya idoralari rahbarlarining yig‘ilishi bo’lib o’tdi. Ushbu yig’lishda G7 mamlakatlari sun’iy intellekt texnologiyalardan mas’uliyatli foydalanishning besh tamoyili haqida kelishib oldi.

Hujjatda yozilishicha, sun’iy intellektdan foydalanishda qonun ustuvorligi, qonuniy tartib-qoidalarga rioya qilish, innovatsiya imkoniyatlaridan foydalanish, demokratiya va inson huquqlariga rioya qilish talab qilgan.

Mazkur yig‘ilishda, G7 davlatlari tarafkashlik va noto‘g‘ri ma’lumotlar, mualliflik huquqining buzilishi hamda sun’iy intellektdan zararli maqsadlarda foydalanishni oldini olish yo‘llari o‘rganilishi ta’kidlangan.