Endi robotlar qog’ozni istalgan shaklda manipulyatsiya qilish imkoniyatiga ega bo’ldi

Cover Image for Endi robotlar qog’ozni istalgan shaklda manipulyatsiya qilish imkoniyatiga ega bo’ldi

Los-Anjelesdagi Kaliforniya universiteti tadqiqot guruhi robotlar uchun qog’ozni buklash “origami” san’ati bilan shug’ullanish imkonini beruvchi yangi hisoblash tizimini yaratdi. Shuningdek, mazkur izlanish natijalariga ko’ra robotlar qog’ozni istalgan shaklda manipulyatsiya qilishi mumkin bo’ldi.

Ma’lumot o’rnida ta’kidlash joizki, ushbu mavzu bo’yicha ikkita eng dolzarb tadqiqot Finlyandiyadagi Aalto universiteti va Germaniyaning Bielefeld universiteti tadqiqot guruhlari tomonidan o’tkazilgan.

Xususan birinchi tadqiqot qog’ozga qaraganda ancha oson ishlov beriladigan matolar bilan bog’liq, ikkinchisi esa qog’ozni yig’ishga qaratilgan, ammo hisoblash uchun mashaqqatli insonga o’xshash manipulyatorlarni o’z ichiga olgan murakkab robot tizimini ishlab chiqishga qaratilgan edi.