Xiralashgan fotosuratlarning sifatini yaxshilash imkoniyatiga ega texnika yaratildi

Cover Image for Xiralashgan fotosuratlarning sifatini yaxshilash imkoniyatiga ega texnika yaratildi

G’arbiy Ontario universiteti tadqiqotchilari tomonidan eski fotosuratlardan aniq tasvirlar yaratish texnikasi ishlab chiqildi.

Xususan, professor Tson-Kong Shom va uning hamkasblari ushbu texnikadan dastlab, 1850-yillarning urf-odatlariga mos kiyingan erkak, ayol va chaqaloqlarning fotosuratlarini aniqlashtirishda foydalandi.

“Ushbu texnikaning nurlari tasvirlarda iz qoldirishi mumkin, ammo, u zararsiz hisoblanadi” deb, ta’kidladi tadqiqotchi Shom.

Ma’lumot o’rnida, tadqiqotchilar mazkur texnikaning imkoniyatlarini yanada takomillashtirishni maqsad qilgan.