Xalqaro hamkorlik aloqalari kengaymoqda

Cover Image for Xalqaro hamkorlik aloqalari kengaymoqda

Bugun Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutiga Rossiya Fanlar akademiyasining M.V.Keldish nomidagi Amaliy matematika instituti Federal tadqiqot markazi direktori, Rossiya Fanlar akademiyasining muxbir a’zosi, fizika-matematika fanlari doktori, professor Aleksandr Ivanovich Aptekarev hamda Rossiya Fanlar akademiyasining akademigi, fizika-matematika fanlari doktori, professor Boris Nikolaevich Chetverushkin tashrif buyurdi.

Tashrifdan ko’zlangan asosiy maqsad tomonlarning sun’iy intellekt sohasidagi hamkorligini yangi bosqichga olib chiqish, kadrlar almashinuv jarayonini yo’lga qo’yish hamda o’zaro tajriba almashish hisoblanadi.

Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti hamda Rossiya Fanlar akademiyasining M.V.Keldish nomidagi Amaliy matematika instituti Federal tadqiqot markazi Federal davlat muassasasi o’rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Tadbirda institut xodimlari, ilmiy izlanuvchilar va sohaga qiziqqan yoshlar faol ishtirok etish jarayonida akademik Boris Nikolaevich Chetverushkinning  sun’iy intellekt  muammolariga bag’ishlangan ma’ruzasi tinglandi.

Tadbir so’ngida ishtirokchilar mutaxassislardan o’zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldi.