To’rt oyoqli robotning imkoniyatlari kengaytirildi

Cover Image for To’rt oyoqli robotning imkoniyatlari kengaytirildi

Karnegi Mellon va Vashington universiteti hamda Google DeepMind tadqiqotchilari tomonidan to’rt oyoqli robotning imkoniyatlari kengaytirildi.

Xususan, tadqiqotchi Lokoman, Chjao va uning hamkasblari shu kunga qadar yaratilgan to’rt oyoqli robotlarning cheklovlarini ko’rib chiqdi va mazkur yangi robotga o’ziga xos imkoniyatlarni mujassamlantirdi.

Ushbu robot arzon va ixcham bo’lishidan tashqari, bir vaqtning o’zida notekis yo’llarda ham tez harakatlana oladi.

Shuningdek, kelgusida mazkur robot eshiklarni ochish va elektron qurilmalarni ishga tushirish kabi vazifalarni bajarishi mumkin.

Ma’lumot o’rnida ta’kidlash joizki, tadqiqotchilar ushbu epchil robotning imkoniyatlarini yanada takomillashtirib, sinovdan o’tkazishni maqsad qilgan.