Sun’iy intellektlar uchun “Blackwell B200” grafik protsessori namoyish etildi

Cover Image for Sun’iy intellektlar uchun “Blackwell B200” grafik protsessori namoyish etildi

“Nvidia” kompaniyasi tadqiqotchilari sun’iy intellektlar uchun “Blackwell B200” grafik protsessorini namoyish etdi.

Mazkur protsessor o’tgan yili namoyish qilingan “Hopper H100″dan 5 barobar tezroq va 25 barobar kamroq elektr energiyasi sarflaydi.

Shuningdek, uning yordamida “GPT-4” modelini 3 oy ichida, 2000 ta protsessor bilan o’qitish mumkin.

Ma’lumot o’rnida, “Google”, “Microsoft”, “OpenAI” va “Amazon” kompaniyalari ushbu protsessorga qiziqish bildirgan.