Son sohasi kasalliklarini tahlil qilishda SI tizimi jarrohlarga qulay imkoniyat taqdim qildi

Cover Image for Son sohasi kasalliklarini tahlil qilishda SI tizimi jarrohlarga qulay imkoniyat taqdim qildi

“Virtual Hip” bolalarning son a’zosini deformatsiyasini tashxislash va davolashni tahlil qilish uchun sun’iy intellekt va 3D tasvirlardan foydalanadigan dasturiy platforma ishlab chiqdi.

Ushbu tadqiqot Bostondagi bolalar tayanch-harakat apparati informatika guruhi direktori doktor Ata Kiapour va doktor Yang-Jo Kim tahlillari natijasida yuzaga keldi deya xabar bermoqda medicalxpress.com sayti.

Son a’zosini shakllanish kasalliklarini oldini olish bolalarning yaxshi rivojlanishi uchun muhimdir. Olimlar tadqiqot jarayonida 10 000 dan ortiq son kasalliklari ma’lumotlarini tahlil qilib mazkur platformaga joyladi. Si tizmiga asoslangan ushbu platforma bemor bolalarning son sohasidagi kasalliklarini 98% ga aniq tasniflay oldi.