Joriy yilning 1-5-iyul kunlari Singapur shahrida “Digital Economy, E-commerce and Artificial Intelligence” mavzusidagi xalqaro o’quv kursi tashkil qilindi.
Ta’kidlash joizki, ushbu o’quv kursida dunyoning 35 dan ortiq mamlakatlaridan tashrif buyurgan soha mutaxassislari faol ishtirok etmoqda. Xususan, Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti xodimi Shaxzodbek Yetmishboyev tinglovchilar qatorida o’z tajribasini oshirmoqda.
Tadbir davomida raqamli davrda hukumatlar duch keladigan imkoniyatlar va muammolar, davlat xizmatlarida SI ilovalari va ularning imkoniyatlarini muhokama qilish hamda raqamli iqtisodiyotni jadallashtirish bo‘yicha takliflarni ilgari surish maqsad qilingan.

