Raqamli texnologiyalar vazirligi delegatsiyasi AQShda bo’lib o’tayotgan “ASU+GSV” xalqaro sammitida ishtirok etmoqda

Cover Image for Raqamli texnologiyalar vazirligi delegatsiyasi AQShda bo’lib o’tayotgan “ASU+GSV” xalqaro sammitida ishtirok etmoqda

Sammit doirasida ilk marotaba ta’lim sohasida sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etishga bag’ishlangan “AI Revolution in Education” ko’rgazmasi tashkil qilindi.

Ushbu sammitda Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti direktori A.Kadirov hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi Investitsiya loyiha ofisi rahbari o‘rinbosari F.Abduvaxidov ishtirok etmoqdalar.

Xalqaro sammit doirasida vazirlik delegatsiyasi vakillari:
– Careerflow.ai kompaniyasi bilan hamkorlikda mamlakatimiz yoshlariga xalqaro bozorda yuqori daromadli ish topishda SI texnologiyasidan foydalanishni joriy etish;
– Arizona State University bilan raqamli ta’lim sohasida hamkorlikni yo’lga qo’yish;
– Buddy.ai bilan yoshlarga SI yordamida ingliz tilini o’rgatishning innovatsion usullarini joriy etish:
– StartED kompaniyasi bilan mahalliy startaplarni xalqaro darajaga olib chiqish bo’yicha uchrashuvlar o’tkazdi.

Uchrashuv so’ngida yuqoridagi ta’kidlangan kompaniyalar “ICTWEEK – 2024” IT-haftaligida ishtirok etish uchun mamlakatimizga taklif qilindi.

Mazkur sammitda dunyoning 100 ortiq davlatlaridan raqamli taʼlim va sunʼiy intellekt boʻyicha 10 mingdan ortiq innovatorlar, investorlar, 400 dan ortiq spikerlar, 100 ga yaqin universitetlar, ilgʻor IT kompaniyalar hamda startaplar ishtirok etmoqda.