Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutida xayriya hashari bo’lib o’tdi

Cover Image for Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutida xayriya hashari bo’lib o’tdi

Bugun Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutida “Obod va fayzli mahalla — yurt ko’rki” shiori ostida xayriya hashari tashkil etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-martdagi 137-F-son farmoyishiga muvofiq tashkil etilayotgan umumxalq xayriya hashari doirasida institut hududiga tegishli boʻlgan barcha tevarak-atrof tozalandi, daraxt va nihollarga ishlov berildi.

Shuningdek, institut xodimlarining faol ishtirokida bo’lib o’tgan mazkur xayriya hasharida yangi ko’chatlar ekilib, daraxtlar tanasi oqlandi.