G’ildirak ko’rinishidagi robot yaratildi

Cover Image for G’ildirak ko’rinishidagi robot yaratildi

Barchamizga ma’lumki, so’ngi yillarda yaratilgan g’ildirakli robotlar mustaqil ravishda turli xil ichki va tashqi muhitda hamda uzoq masofaga harakatlanish imkoniyatiga ega. Ammo ko’p hollarda robotlar harakat davomida o’z muvozanatini yo’qotadi.

Ushbu muammoni bartaraf etish maqsadida Kyushu texnologiya instituti tadqiqotchilari tomonidan noyob tuzilishga ega g’ildirak ko’rinishidagi robot ishlab chiqildi.

Shuningdek, tadqiqotchilar mazkur robotni sinovdan o’tkazdi. Natijada robot o’z muvozanatini yo’qotmasdan 0,03 m masofani bosib o’tishga muvaffaq bo’ldi.

Xususan, Hanazava boshchiligidagi jamoa ushbu sinov jarayonlarini davom ettirishni rejalashtirgan. Shu bilan birga robotning quvvat sarfini kamaytirishga hamda boshqaruvini yaxshilashga harakat qilmoqda.

Ma’lumot o’rnida ta’kidlash joizki, tadqiqotchilar tomonidan taqdim etilgan ushbu robot tez orada g’ildirakli robotlarning rivojlanishiga turtki bo’lishi mumkin.