Fotosuratlarni animatsiyaga aylantiradigan SI dasturi yaratildi

Cover Image for Fotosuratlarni animatsiyaga aylantiradigan SI dasturi yaratildi

Microsoft Research Asia kompaniyasining SI tadqiqotchilari tomonidan tasvirlarni animatsiyaga aylantiradigan sun’iy intellekt dasturi yaratildi.

“VASA-1” deb, nomlangan ushbu dastur audio yordamida tasvirlarni jonlantirish imkoniyatiga ega.

Shuningdek, tadqiqot guruhi dastlab mazkur dasturdan Mona Liza portretining animatsiyasini yaratish uchun foydalandi.

Ma’lumot o’rnida ta’kidlash joizki, tadqiqotchilar ushbu dasturning imkoniyatlarini yanada takomillashtirishni maqsad qilgan.