“Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi” doirasida institut xodimlariga tushuntirish ishlari olib borildi

Cover Image for “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi” doirasida institut xodimlariga tushuntirish ishlari olib borildi

Respublikamiz bo’ylab 2024-yil 15-martdan 15-aprelga qadar oʻtkazilayotgan “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi” doirasida bugun Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutida mazkur oylik bo’yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Tushuntirish ishlari davomida institut xodimlariga favqulodda hollarda harakatlanish, zarur holatlarda to’g’ri evakuatsiya qilish va ehtiyot choralarini ko’rish bo’yicha tavsiyalar berildi. Shuningdek, favqulodda vaziyatda to’g’ri harakatlanish bo’yicha yo’riqnomalar tarqatildi.