Boston Dynamics kompaniyasi “Electric Atlas” robotini taqdim etdi

Cover Image for Boston Dynamics kompaniyasi “Electric Atlas” robotini taqdim etdi

Boston Dynamics kompaniyasi yuzlab memlarni yuzaga keltirgan Atlas modelining yangi “Electric Atlas” versiyasini namoyish etdi.

Kompaniya uzoq yillar davomidagi tadqiqotlardan so’ng ushbu robotning imkoniyatlarini yanada oshirdi. Xususan, u yangi sun’iy intellekt tizimi va mashinani o’rganish vositalari bilan jihozlangan.

Mazkur robot oldingi versiyalarga nisbatan chaqqon, kuchli va epchilroqdir. Shuningdek, robot vazifalarni bajarish va insonlar bilan muloqot qilishda ham ustunlikga ega.

Ma’lumot o’rnida ta’kidlash joizki, tadqiqotchilar mazkur robotdan sanoat sohasidagi muammolarni bartaraf etishda foydalanishni maqsad qilgan.