Alyuminiyli optik tolali sensor sanoat obyektlarining holatini nazorat qilishi mumkin

Cover Image for Alyuminiyli optik tolali sensor sanoat obyektlarining holatini nazorat qilishi mumkin

Skoltech va Harbin texnologiya instituti tadqiqotchilari distillash xonasidagi – neft, benzin, dizel yoqilg’isi va boshqalarga ajratish uchun sanoat obyekti ichidagi har qanday bosimga bardosh bera oladigan alyuminiy qoplamali optik sensor tizimini ishlab chiqdi.

Mazkur sensor tizimi inson salomatligini asrashda hamda ortiqcha ta’mirlash ishlarini oldini olish va nazorat qilish maqsadida yaratildi. Shuningdek, ushbu tadqiqot natijalari Optics Letters jurnalida nashr etildi.

Ta’kidlash joizki, optik sensorlar elektr uzatish liniyalari yoki, aytaylik, dengiz osti gaz quvurlari kabi uzoq masofali infratuzilmani kuzatish, shuningdek, elektronikadan foydalanish mumkin bo’lmagan neftni qayta ishlash va saqlashda foydalaniladigan obyektlar uchun mo’ljallangan texnologiyadir.